Eron milliy jamoasi sardori Mehdi Torimiy matbuot anjumanida unga futbol emas, balki siyosatga oid savollar berilganiga e'tibor qaratdi.
"Hech kim futbolga oid savol bermadi. Ertaga biz kuchli Yangi Zelandiya jamoasiga qarshi oʻynaymiz va bu yaxshi oʻyin bo'lishiga umid qilaman.
Siyosatga kelsak, siyosiy matbuot anjumanlari uchun jurnalistlar boshqa shaharlarga borishi kerak. Biz Yangi Zelandiyani hurmat qilamiz va oʻyin yaxshi oʻtishini istaymiz.
Biz barcha muxlislar uchun chiroyli oʻyin ko'rsatishga harakat qilamiz va Yangi Zelandiya ham shu yondashuvga amal qiladi deb umid qilaman. Ertangi kunni intiqib kutyapman", — dedi Torimiy.
Ma'lumot o'rnida, Eron va Yangi Zelandiya milliy jamoalari 16 iyun kuni jahon chempionatining guruh bosqich 1-turida oʻzaro toʻqnash keladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 07:00 da boshlanadi.
Avvalroq AQSH eronlik muxlislarning jahon chempionati uchun kvotalarini bekor qilgani ma'lum qilingandi.