Bu haqda Eron futbol federatsiyasi xabar berdi
Futbol bo‘yicha 2026 yilgi jahon chempionati tashkilotchilari musobaqa startiga ikki kun qolganida Eronning muxlislar uchun chiptalar kvotasini qaytarib oldi.
Bu haqda Eron futbol federatsiyasi ma’lum qildi va uning bayonoti Reuters portalida e’lon qilindi.
Ta’kidlanishicha, AQSHga safarni rasmiylashtirgan muxlislar o‘z milliy jamoasi o‘yinlariga tashrif buyurish imkoniyatidan mahrum bo‘ldi.
«Bu rasmiy e’lon qilingan tartibga tayangan holda, ko‘plab eronlik futbol muxlislari o‘yinlarni tomosha qilish uchun zarur rejalarni tuzib bo‘lganiga qaramay, sodir bo‘ldi», - deb yozilgan Eron futbol federatsiyasi bayonotida.
Eron milliy jamoasi JCH-2026 guruh bosqichi o‘yinlarini AQSHda o‘tkazishi belgilangan. Eronliklar Belgiya, Misr va Yangi Zelandiya terma jamoalariga qarshi o‘ynaydi.