«Real» Joze Mourinyo jamoa bosh murabbiyi etib tayinlanganini e'lon qildi.
Portugaliyalik mutaxassis 2029 yilning yoziga qadar bitim imzoladi. Murabbiy jamoaga 13 iyul kuni mavsumoldi tayyorgarlik boshlanadigan kunda qo'shiladi.
63 yoshli portugaliyalik o'tgan mavsumda «Benfika»ni boshqardi. Endilikda «qirollik» klubida Alvaro Arbeloaning o'rnini egalladi.
Ma'lumot uchun, «qaymoqranglilar» Joze uchun «burgutlar»ga 15 million yevro to'laydi.
Mourinyo avvalroq «Real»ni (2010-2013) boshqargan va klub bilan La Liga, Ispaniya Kubogi va Superkubogini yutgan. Shuningdek, u «Portu», «Chelsi», «Inter», «MYu», «Tottenhem» va «Fenerbaxche»da ishlagan.