Osiyo o‘yinlarida futbol bo‘yicha final bahsida Janubiy Koreya U-23 milliy jamoasi mezbon yaponiyalik tengqurlariga qarshi maydonga tushdi.
Unda janubiy koreyalik futbolchilar minimal 1:0 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritishdi. Yagona golga 61-daqiqada Ji-Sung Eom mualliflik qildi.
Shu tariqa, Janubiy Koreya U-23 milliy jamoasi ketma-ket to‘rtinchi marotaba musobaqa g‘olibligini qo‘lga kiritdi. Qizig‘i, janubiy koreyaliklar qatorasiga uchinchi marta kubok uchun kechadigan final bahsida Yaponiya U-23 milliy jamoasidan ustun keldi.
Avvalroq O‘zbekiston U-23 milliy jamoasi 3-o‘rin uchun bahsda xitoylik tengqurlariga mag‘lub bo‘lgani ma’lum qilingandi.
Osiyo o‘yinlari. Final
Janubiy Koreya — Yaponiya 1:0
Gol: Ji-Sung Eom 61.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi