Live
1
O'zbek

«Arsenal» va «Tottenhem» Norvegiya milliy jamoasi hujumchisi uchun kurashmoqda

Futbol
3 oktabr, 09:00
«Leypsig» futbolchisi Antonio Nusa Angliya Premyer ligasiga yo‘l olishi mumkin.
«Arsenal» va «Tottenhem» Norvegiya milliy jamoasi hujumchisi uchun kurashmoqda
Foto: Getty Images

«Arsenal» va «Tottenhem» Norvegiya milliy jamoasi hamda «Leypsig» vingeri Antonio Nusa transferi uchun kurashda yetakchi klublar sifatida qayd etilmoqda. Bu haqda Fussball xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, «Arsenal» 21 yoshli hujumchi uchun taxminan 40 mln yevrolik taklif tayyorlamoqda. Biroq Germaniya klubi Nusa bilan xayrlashishni istamayapti va uning transferini 60–65 mln yevroga baholamoqda.

Nusaning o‘zi esa «Leypsig»dagi faoliyatidan mamnun ekani aytilmoqda. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2029-yil yozigacha mo‘ljallangan.

Norvegiyalik futbolchi ushbu mavsumda barcha turnirlar doirasida 6 ta bahsda maydonga tushib, 3 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, uning bozor qiymati 45 mln yevroga baholanmoqda.

Ma’lumot uchun, Nusa Norvegiya milliy jamoasi safida 33 ta bahsda ishtirok etib, 9 ta gol urgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Arsenal Arsenal
  • Tottenhem Tottenhem
  • Leypsig Leypsig
Bugungi yangiliklar