"Seltik" bosh murabbiy Martin O'Nill bilan shartnomani rasmiy ravishda uzaytirdi.
Tomonlar o'rtasidagi yangi kelishuv 2027 yilning yozigacha mo'ljallangan va uni yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati mavjud.
74 yoshli O'Nill murabbiylik faoliyatini o'tgan mavsum davomida qayta tikladi. Brendan Rojers iste'fosidan so'ng u avvaliga bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi bo'ldi. 2026 yilning yanvar oyi boshida esa lavozimga to'liq tasdiqlandi.
Ta'kidlash joizki, shimoliy irlandiyalik mutaxassis avvalroq 2000 yildan 2005 yilgacha "Seltik"ni boshqargan. "Seltik" o'tgan mavsumda so'nggi turda "Harts"ni (3:1) dramatik tarzda mag'lub etib, Shotlandiya chempioniga aylandi. Bu chempionlik unvoni klub tarixidagi 56-chisi bo'ldi.