"Reynjers" sobiq bosh murabbiyi Rassell Martin "Lester"ni boshqaradi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.
Murabbiy bilan tuzilgan shartnoma 3 yilga mo'ljallangan. Bungacha mutaxassis "Milton-Kins Dons", "Suonsi" va "Sautgempton" jamoalarida ham ishlagan. U "Reynjers"ni 2025 yil oktyabr oyida tark etgan edi.
O'tgan mavsum yakuniga ko'ra, "Lester" Chempionshipdan Liga 1ga tushib ketdi. Bu divizion Angliya futbol tizimida uchinchi pog'onada hisoblanadi.
2015/2016 yilgi mavsumda klub Angliya chempioni bo'lgan. O'sha mavsumda Klaudio Ranieri boshqaruvidagi jamoa 38 turda 81 ochko to'plab, eng yaqin ta'qibchisi "Arsenal"ni 10 ochkoga ortda qoldirgandi.