"Reynjers"ning sobiq bosh murabbiyi Russell Martin faoliyatini "Lester Siti"da davom ettirishi mumkin. Bu haqda insayder Fabrizio Romano X ijtimoiy tarmog'ida xabar berdi.
Manbaga ko'ra, Martin ushbu lavozimga asosiy nomzod hisoblanadi.
Avvalroq mutaxassis "Milton-Kins Dons", "Suonsi Siti" va "Sauthempton" klublarini ham boshqargan. U "Reynjers"ni 2025 yilning oktyabrida tark etgan.
O'tgan mavsum yakunlariga ko'ra, "Lester Siti" Chempionshipdan 1-Ligaga tushib ketdi. Bu Angliya futbol tizimida uchinchi divizion hisoblanadi.