Dortmundning «Borussiya» klubi markaziy himoyachisi Niko Shlotterbek «Real» tomonidan bo'layotgan qiziqish haqidagi savolga javob berdi.
«Ha, albatta, bu haqida OAV orqali bilib olasiz. Ammo bir necha hafta avval aytganimdek, hozir butun e'tibor jahon chempionatiga, birinchi o'yinga qaratilgan», — deya Shlotterbekning so'zlarini keltiradi Mundo Deportivo.
Avvalroq Bild nashri «qaymoqranglilar» himoyachining transferi uchun 50-60 million yevro taklif qilishi mumkinligi haqida xabar bergandi.
O'tgan mavsumda Shlotterbek barcha turnirlarda 37 ta o'yinda ishtirok etib, beshta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.
Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2031 yilning yozigacha mo'ljallangan.
Transfermarkt portalida keltirilgan ma'lumotlarga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 55 million yevroni tashkil etadi.