"Roma" vingeri Matias Soule faoliyatini Germaniya chempionatida davom ettirishi mumkin. Bu haqda insayder Nikolo Skira xabar berdi.
Manbaga ko'ra, "Borussiya D" klubi argentinalik 23 yoshli futbolchiga jiddiy qiziqmoqda. Klub allaqachon Rim klubi bilan muzokaraga kirishgan.
Qayd etilishicha, "bo'rilar" Soule bo'yicha 40 million yevro so'ramoqda. Uning klub bilan amaldagi bitimi 2029 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
O'tgan mavsumda Soule "Roma" safida barcha turnirlarda jami 42 ta o'yin o'tkazib, o'z hisobiga 7 ta gol va 8 ta golli uzatmani yozdirib qo'ydi.
Yakunlangan mavsum "Borussiya D" Bundesligada ikkinchi o'rinni egallab, Chempionlar ligasining umumiy guruh bosqichiga yo'llanma oldi.