Live
1
O'zbek

«Bayer» «Herta»ning iqtidorli futbolchisini sotib olganini rasman e’lon qildi

Futbol
10 iyun, 16:01
Leverkuzen klubi yosh vunderkindni o‘z safiga qo‘shib oldi.
Омонжон Тўхтамирзаев
Omonjon To‘xtamirzayev Editor
«Bayer» «Herta»ning iqtidorli futbolchisini sotib olganini rasman e’lon qildi
Foto: Gettyimages

Leverkuzenning «Bayer» klubi yarimhimoyachi Kennet Ayxgorn bilan shartnoma imzolaganini rasmiy sayti orqali e’lon qildi. 16 yoshli futbolchi Berlinning «Herta» jamoasidan keldi va uzoq muddatli bitimga imzo chekdi.

Ayxgorn tayanch yarimhimoyachi zonasida harakat qiladi va o‘z avlodida butun Germaniyaning eng kuchli futbolchilaridan biri sanaladi.

Yakuniga yetgan mavsumda futbolchi «Herta» asosiy jamoasi tarkibida ikkinchi Bundesliga doirasida 19 o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

«Ijobiy ruhdagi muzokaralardan keyin «Bayer» - men uchun eng yaxshi variant ekanligini angladim. Ko‘plab yosh futbolchilar shu klubda qisqa vaqt ichida jahon darajasidagi o‘yinchilarga aylangan. Shunga o‘xshash yo‘lni bosib o‘tish uchun qo‘limdan kelganini qilaman», - dedi futbolchi.

Yangi jamoasi safida Kennet 18-raqamni tanladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq futbolchiga Angliyaning «Manchester Yunayted» klubi ham qiziqish bildiriayotgani ma’lum qilingandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Bayer Bayer
  • Hertha Berlin Hertha Berlin
Bugungi yangiliklar