Live
1
O'zbek

Messi: “Raqiblarimizga Argentinaga qarshi o‘ynash juda qiyin bo‘ladi”

Futbol
10 iyun, 14:35
Argentina milliy jamoasi hujumchisi faoliyatidagi 6-mundial oldidan bir qator savollarga javob berdi.
     Izzatillayev Aʼzamjon
Aʼzamjon Izzatillayev Editor
Messi: “Raqiblarimizga Argentinaga qarshi o‘ynash juda qiyin bo‘ladi”
Foto: Getty Images

Argentina milliy jamoasi hujumchisi Lionel Messi o‘zining oltinchi Jahon chempionati oldidan qanday his-tuyg‘ularni boshdan kechirayotganini so‘zlab berdi.

– Navbatdagi Jahon chempionati arafasida o‘zingizni qanday his qilyapsiz?

– Rostini aytsam, xursandman, xotirjamman va har bir lahzadan, har bir mashg‘ulotdan, jamoa doshlarim bilan o‘tayotgan har bir kundan zavqlanyapman. Eng muhimi, men bu jarayondan avvalgidek, hatto hozir undan ham ko‘proq rohat olishga harakat qilyapman. Shuning uchun o‘zimni baxtli his qilyapman.

– Siz bir necha bor bu lahzani tasavvur ham qilmaganligingizni, bunga yetib kelolmayman deb o‘ylaganingizni aytgansiz. Nima deb o‘ylaysiz, buning uddasidan qanday chiqdingiz?

– Vaqt juda tez o‘tib ketdi. Menda raqobat bor edi va o‘zimni yaxshi his qilardim. safida o‘ynayotgan bo‘lsam-da, hech qachon raqobatlashishdan, mehnat qilishdan to‘xtamadim va eng yaxshi sport formamga chiqish uchun yaxshi tayyorgarlik ko‘rdim.

Shunday bo‘ldiki, doimo raqobat muhitida qoldim, milliy jamoaning aksariyat o‘yinlarida ishtirok etishga muvaffaq bo‘ldim. Jamoamiz har doim kuchli bo‘lgani uchun yana shu yerda bo‘lish baxtiga muyassarman.

– Jahon chempionatidan nimalar umidlar qilyapsiz?

– Har qanday rasmiy musobaqa boshlanishida bo‘ladigan hayajonni his qilyapmiz, ayniqsa bu Jahon chempionati bo‘lsa. Menimcha, muxlislar milliy jamoadan juda mamnun. Chunki biz ko‘plab muhim natijalarga erishdik va jamoa o‘sha shijoatni, g‘ayratni hamda raqobatlashish istagini saqlab qolganini ko‘rdik.

Bizda juda raqobatbardosh jamoa bor. Yigitlar har doim ko‘prog‘iga intiladi, osonlikcha taslim bo‘lishmaydi. Biz oxirigacha kurashamiz.

– Butun mamlakat bo‘ylab sizlarni kuzatadigan muxlislarga nima demoqchisiz?

– Ularning hayajonini his qilamiz. Imkoni boricha uzoq bosqichlargacha yetib borish uchun qo‘limizdan kelgan barcha ishni qilamiz. Bu jamoa ko‘p yillardan beri o‘zining raqobatbardoshligini isbotlab kelmoqda.

Raqiblarimiz uchun Argentinaga qarshi o‘ynash juda qiyin bo‘ladi, chunki bizda juda kuchli va ahil jamoa bor. Undagi shijoat va ishtiyoq so‘nmaydi. Maqsadimizga yetishimiz ham mumkin, yetolmasligimiz ham mumkin, ammo bir narsa aniq — maydonda bor kuchimizni sarflaymiz, — deya Messining so‘zlarini keltiradi Ole.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Argentina Argentina
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar