Live
1
O'zbek

Bordalas "Xetafe" bilan shartnomani uzaytiradi – Romano

Futbol
10 iyun, 15:26
62 yoshli mutaxassis jamoa bilan ikki yillik yangi bitim bo'yicha kelishib olgan.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
Bordalas "Xetafe" bilan shartnomani uzaytiradi – Romano
Фото: Getty Images

"Xetafe" bosh murabbiy Pepe Bordalas kelasi mavsumda klubni boshqarishda davom etadi. Bu haqda insayder Fabrizio Romano xabar berdi.

Manbaga ko'ra, 62 yoshli mutaxassis jamoa bilan ikki yillik yangi bitim bo'yicha kelishib olgan.

Uzoq davom etgan muzokaralardan so'ng Bordalas kelasi mavsumda Konferensiyalar ligasida ishtirok etadigan klubda qolishga qaror qildi.

Bordalas qo'l ostida "Xetafe" 2025/26 yilgi La Liga mavsumida yettinchi o'rinni egallab, evrokuboklar yo'llanmasini qo'lga kiritdi.

May oyida Pepe mavsum oxirida klubni tark etishi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Bordalas Madrid jamoasini 2016 yildan 2021 yilgacha boshqargan va 2023 yil aprelda ikkinchi marta qaytgan. Ikki davr mobaynida u jami 345 ta o'yin o'tkazib, 131 ta g'alaba, 90 ta durang va 124 ta mag'lubiyat qayd etgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Xetafe Xetafe
Bugungi yangiliklar