Live
1
O'zbek

Messi 911-goliga yetdi, Ronaldu bilan farq qancha?

Futbol
10 iyun, 04:00
Argentina sardori navbatdagi tarixiy marrani zabt etdi.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
Messi 911-goliga yetdi, Ronaldu bilan farq qancha?
Foto: Getty Images

Lionel Messi Islandiyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida gol urib, professional faoliyatidagi gollar sonini 911 taga yetkazdi.

38 yoshli futbolchi bahsning 70-daqiqasida zaxiradan maydonga tushdi va oradan ikki daqiqa o‘tib penaltini aniq amalga oshirdi. Ushbu gol argentinalik yulduz uchun faoliyatidagi 911-gol bo‘ldi.

Messi bugungi kunga qadar 1156 ta o‘yinda maydonga tushib, 911 ta gol va 414 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Uning gollari quyidagicha taqsimlangan:

«Barselona» — 672 gol;
Argentina milliy jamoasi — 117 gol;
«Inter Mayami» — 89 gol;
«PSJ» — 32 gol.

Messining asosiy raqibi Krishtianu Ronaldu hisobida esa 973 ta gol mavjud. Portugaliyalik hujumchi ushbu natijaga 1323 ta uchrashuvda erishgan.

Shu tariqa, ikki afsona o‘rtasidagi farq hozirda 62 ta golni tashkil etmoqda.

Ma’lumot uchun, Ronaldu va Messi futbol tarixidagi eng sermahsul futbolchilar sifatida e’tirof etiladi va ularning umumiy hisobda 1884 ta goli bor.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Argentina Argentina
  • Portugaliya Portugaliya
Bugungi yangiliklar