«Real» yarimhimoyachisi Arda Guler «Chelsi»ning qiziqishlari doirasiga tushdi.
Sportsboom ma'lumotlariga ko'ra, London klubi turkiyalik futbolchi uchun 100 million funt sterlinglik transferni tayyorlamoqda.
Bu «ko'klar»ning yangi bosh murabbiyi Xabi Alonso Guler bilan birga ishlashni istamoqda. Ular ilgari «Real»da ishlagan.
Hozirda «Real» o'z yarimhimoyachisini sotishni o'ylamayapti. Shuningdek, Ardaning xizmatiga «Liverpul» va «Arsenal» qiziqish bildirmoqda.
O'tgan mavsumda Guler «Real» safida barcha turnirlarda 51 ta o'yin o'tkazib, oltita gol urdi va 14 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Madrid klubi bilan shartnomasi 2029-yilning 30-iyuniga mo'ljallangan.