"Tottenhem" himoyachisi Markos Senesi bilan shartnoma imzolaganini rasmiy ravishda ma'lum qildi.
Qayd etilishicha, argentinalik 29 yoshli futbolchi "taqachilar" bilan 4 yillik bitim imzolagan.
U "Bornmut" bilan shartnomasi yakunlangach, 1 iyul kuni London klubiga erkin agent maqomida kelib qo'shiladi.
"Tottenhem" futbolchisiga aylanish men uchun alohida tuyg'u. Klub ilk muloqotlardan o'q nega meni o'z loyihasining bir qismi sifatida ko'rayotganini namoyon qildi. Faoliyatimdagi ushbu yangi bosqichni boshlashni intiqlik bilan kutyapman. Maydonga har safar chiqqanimda, muxlislar jamoadan faxrlanishi uchun qo'limdan kelgan barcha ishni qilaman, — dedi Senesi.
Ma'lumot uchun, Markos 2022 yildan beri "Bornmut" safida to'p tepib kelayotgan edi.