Live
1
O'zbek

«Tottenhem» klubi sobiq hujumchisi JCH-2026ning uch favoritini aytdi

Futbol
9 iyun, 16:54
Sobiq futbolchi uch milliy jamoani alohida ta’kidladi.
Омонжон Тўхтамирзаев
Omonjon To‘xtamirzayev Editor
«Tottenhem» klubi sobiq hujumchisi JCH-2026ning uch favoritini aytdi
Foto: Getty Images

Rossiya milliy jamoasi va «Tottenhem» klubi sobiq forvardi Roman Pavlyuchenko bo‘lajak mundial favoritlari haqidagi savolga javob berdi.

«Men uchun jahon chempionatining favoritlari — Fransiya, Ispaniya va Portugaliya. Biroq fransuzlarda nisbatan zaxira o‘rindig‘i o‘sha butun musobaqani bir xil tarkib bilan o‘ynaydigan ispanlarnikidan yaxshiroqdek. Portugaliyaliklar esa yosh va iqtidorli futbolchilari borligiga qaramay, hali o‘z salohiyatini to‘liq ochib bera olmadi. Shunday ekan nazarimda, jahon chempionati g‘olibligi uchun asosiy nomzod bu Fransiya milliy jamoasi hisoblanadi.

Men to‘p tepgan Angliyaga keladigan bo‘lsak, to‘g‘ri, so‘nggi ikki-uch yilda jamoa o‘sishga erishdi, lekin Argentina va Braziliya singari, ular ham chorakfinaldan uyog‘iga o‘ta olmasa kerak. Bilmayman, lekin menda inglizlar jahon chempioni bo‘la olishiga ishonch yo‘q», — deya Pavlyuchenko so‘zlaridan iqtibos keltirdi «RB Sport».

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Tottenhem Tottenhem
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar