Live
1
O'zbek

«Tottenhem» Ben Devis bilan shartnomani uzaytirdi

Futbol
10 iyun, 06:08
Uelslik himoyachi London klubida 13-mavsumini o‘tkazadi.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
«Tottenhem» Ben Devis bilan shartnomani uzaytirdi
Foto: Getty Images

«Tottenhem» tajribali himoyachi Ben Devis bilan yangi shartnoma imzolaganini rasman e’lon qildi.

Klub matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, 33 yoshli futbolchining yangi bitimi 2026/27 yilgi mavsum oxirigacha amal qiladi.

«Ben kiyinish xonasidagi yetakchilardan biri hisoblanadi. U ko‘p bor jamoa sardori bo‘lgan va o‘z faoliyati davomida «Tottenhem» qadriyatlarini namoyon etib kelmoqda. Tabriklaymiz, Ben!», — deyiladi klub bayonotida.

Eslatib o‘tamiz, Devis 2014 yilda «Suonsi»dan «Tottenhem»ga ko‘chib o‘tgan edi.

Shundan buyon u London klubi safida 363 ta bahsda maydonga tushib, 10 ta gol va 26 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Ma’lumot uchun, uelslik futbolchi «Tottenhem» safida eng uzoq vaqt o‘ynayotgan futbolchilardan biri hisoblanadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Tottenhem Tottenhem
Bugungi yangiliklar