Live
1
O'zbek

Asror Aliqulov: "Bunday futbol koʻrsatish murabbiy va jamoa uchun uyatli bo'lishi kerak"

Futbol
10 iyun, 14:17
"Sho'rton" bosh murabbiyi jamoasining mag'lubiyati haqida gapirdi.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
Asror Aliqulov: "Bunday futbol koʻrsatish murabbiy va jamoa uchun uyatli bo'lishi kerak"
Фото: Андижон ПФК

Proliganing 10-turida kutilmagan natija qayd etildi. Musobaqa peshqadamlaridan biri – "Sho'rton" o'z uyida "G'azalkent" jamoasini qabul qildi. Ikkinchi bo'lim 70-daqiqasida mehmonlar maydonda 10 futbolchi bo'lib qoldilar. Son jihatdan ustunlikka erishgan mezbonlar buni tabloga aks ettira olmadilar. Aksincha, "G'azalkent" bir o'yinchi kam bo'lgan holda ikkita gol urib 0:2 hisobidagi g'alabani tantana qilib ketdi.

Ushbu o'yindan keyin "Sho'rton" bosh murabbiyi Asror Aliqulov matbuot anjumanida bir qator savollarga javob qaytardi.

- "G'azalkent" jamoasi oxirgi bir necha o'yinni yaxshi o'tkazdi. Shu bois jamoamiz a'zolariga ularga qarshi yaxshi tayyorgarlik ko'rishni uqtirgandik. Raqibni yoshligi va mensimaslik holatiga yo'l qo'ymasligini hamda uchrashuv og'ir kechishini alohida aytgandik. O'yin kurashlarga boy bo'ldi. Ikkinchi bo'limda raqib 10 futbolchi bilan qoldi va qarshi hujumda bizni jazoladi. Yigitlar bo'shashdi va xarakter ko'rsata olishmadi. "G'azalkent" yaxshi himoyalandi. Yosh bo'lishiga qaramay, bo'ydor himoyachilari ko'p. Ustunlikka erisha olmadik. Bu mag'lubiyat uchun muxlislardan uzr so'raymiz.

- Shogirdlaringizda raqibni mensimaslik holatini kuzatdingizmi?

- Oxirida "G'azalkent" jamoasi 10 futbolchi bilan qoldi va chuqur himoyalandi. Uzun paslar va qanotlardan hujumlar qilishimiz kerak edi. Afsuski, oddiy holatlarda xatoliklarga yo'l qo'ydik. Oddiy to'p oshirish futbolchi uchun qiyin vaziyat emasdi. Aytilishi mumkinki, muxlislar oldida bunaqa futbol ko'rsatish murabbiy sifatida va jamoa uchun ham uyat bo'lishi kerak.

- Raqibning qizil kartochkasidan keyin tarkibda ayrim o'zgarishlarga qo'l urdingiz. Zahiradan maydonga tushganlar ishonchingizni qanchalik oqlay oldilar?

- G'anisher Qodirov oxirgi o'yinlarda gollari bilan jamoaga foyda keltirgandi. Bugun ham umid qilib maydonga tushirdik. Afsuski, qulay jarima zarbasidan foydalana olmadi. Qolgan holatlarda raqib himoyachilari unga imkoniyat berishmadi.

- Peshqadam "Orol" to'plar nisbatiga ancha ko'ra ancha oldinga o'tib ketdi. Bu borada ko'proq nimaga ahamiyat qaratish kerak, deb o'ylaysiz?

- Uch ochkoga va to'plar nisbatiga ham orqada qolyapmiz. Hujum qilish variantlarini ishlar paytda ayrim vaziyatlarda hujumchilardan jahlimiz chiqadi. Darvozaga zarba berilayotganda ko'p ham kuchga emas, aqlni ham ishlatish kerak. Shu tomondan ham bizga ancha yetishmadi. Hujum chizig'idagi o'yinchilar o'zlarini ko'rsata olmadilar.

- O'rtada tanaffus bo'ladi. Ushbu vaziyatda jamoani rejalar qanday?

- Proligani ko'ryapsiz, bosim bo'lyapti, futbolchilar o'zini ayashmayapti. Shu tempga bardosh beradigan, ayniqsa o'rta chizig'imizdagi futbolchilar sekin, shu bois o'rta va hujum chizig'ini ham kuchaytirishimiz kerak. Yuqori tempda va tezkor o'ynaydigan futbolchilarni qidiryapmiz», - deya Aliqulovning so'zlaridan keltiradi Tribuna.uz muxbiri.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Sho'rtan Sho'rtan
  • Pro Liga Pro Liga
Bugungi yangiliklar