Live
4
O'zbek

Oʻzbekiston U-17 jamoasi Urugvay va Ispaniyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinlari oʻtkazadi

Futbol
23 avgust, 15:32
Sergey Chigodayev jamoasi ushbu bahslarda ishtirok etish uchun Ispaniyaga yoʻl oldi.
Oʻzbekiston U-17 jamoasi Urugvay va Ispaniyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinlari oʻtkazadi
Foto: UFA

17 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Jahon chempionatiga tayyorgarlik koʻrayotgan Oʻzbekiston oʻsmirlar jamoasi Toshkentdagi yigʻinlarini yakunlab, Ispaniyaning Albir shahriga yoʻl oldi.

Sergey Chigodayev shogirdlari 25-avgust kuni Urugvay, 27-avgust sanasida esa Ispaniyaga qarshi bellashuvda maydonga tushadi.

Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston U-17 jamoasi Qatarda oʻtadigan kichik mundialda Italiya, Kot-d'Ivuar va Yamayka bilan bir guruhdan oʻrin olgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • O‘zbekiston (U17) O‘zbekiston (U17)
Bugungi yangiliklar