Live
1
O'zbek

Oʻzbekiston U-16 jamoasi Indoneziyaga qarshi ikkita oʻrtoqlik oʻyini oʻtkazadi

Futbol
20 avgust, 18:18
Bellashuvlar Jakartada boʻlib oʻtadi.
Oʻzbekiston U-16 jamoasi Indoneziyaga qarshi ikkita oʻrtoqlik oʻyini oʻtkazadi
Foto: UFA

Oʻzbekiston U-16 jamoasi Indoneziyaga qarshi ikkita oʻrtoqlik bahsida ishtirok etadi, deb yozadi OʻFA matbuot xizmati.

Ayder Kurbayev boshchiligidagi jamoa ayni kunlarda Milliy futbol markazida oʻquv-mashgʻulot yigʻinini davom ettirmoqda.

Yigʻinning ikkinchi qismi 22 avgustdan Indoneziya poytaxti Jakarta shahrida davom ettiriladi. U yerda jamoa Indoneziya U-16 jamoasiga qarshi ikkita nazorat uchrashuvida maydonga tushadi.

24 avgust
Indoneziya - Oʻzbekiston

27 avgust
Oʻzbekiston - Indoneziya


Ma'lumot uchun, har ikki bellashuv ham nazorat oʻyini maqomida oʻtkaziladi va uchrashuvlardan toʻgʻridan toʻgʻri translyatsiya amalga oshirilmaydi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • O‘zbekiston (U17) O‘zbekiston (U17)
Bugungi yangiliklar