Live
1
O'zbek

ESPN eng yaxshi markaziy yarimhimoyachilar reytingini tuzdi — Vitinya birinchi (top-10)

Futbol
20 avgust, 18:30
O'ntalikdan Ispaniyaning uch o'yinchisi o'rin oldi.
ESPN eng yaxshi markaziy yarimhimoyachilar reytingini tuzdi — Vitinya birinchi (top-10)
Foto: Getty Images

ESPN dunyodagi eng yaxshi markaziy va tayanch yarimhimoyachilar reytingini tuzdi.

Respondentlardan 2025/26 mavsumdagi o'yinlarini inobatga olgan holda, har bir pozitsiyadagi eng yaxshi futbolchilarni aytish so'raldi. Ro'yxatdan jarohat sabab mavsumning katta qismini o'tkazib yuborgan futbolchilar ham o'rin oldi — ularning sog'lom bo'lgan paytda jamoa o'yiniga qo'shgan hissasi hisobga olindi.

2026 yildagi Jahon chempionatidagi ishtirok ham inobatga olindi, ammo u futbolchilarning butun mavsum davomidagi o'yinidan ustun qo'yilmadi.

ESPN reytingidagi top-10:
1. Vitinya («PSJ», Portugaliya)

2. Deklan Rays («Arsenal», Angliya)

3. Rodri («Barselona», Ispaniya)

4. Joau Nevesh («PSJ», Portugaliya)

5. Pedri («Barselona», Ispaniya)

6. Federiko Valverde («Real», Urugvay)

7. Yozua Kimmix («Bavariya», Germaniya)

8. Entso Fernandes («Chelsi», Argentina)

9. Moises Kaysedo («Chelsi», Ekvador)

10. Fabian Ruiz («PSJ», Ispaniya)


Oldinroq eng yaxshi markaziy himoyachilar reytingi eʼlon qilingandi.

Bugungi yangiliklar