"Koventri" Sidiki Sherifni o'z safiga qo'shib oldi.
Angliya Premyer-ligasi klubi 19 yoshli hujumchining "Fenerbahche"dan transfer qilinganini e'lon qildi.
Xabarlarga ko'ra, fransiyalik futbolchi "Koventri" bilan 5 yillik shartnoma imzolagan, transfer qiymati esa 24,5 mln yevroni tashkil etgan.
Sherif shu yil fevral oyidan buyon "Fenerbahche" safida o'ynab kelayotgan edi. U Turkiya Superligasida 12 ta bahsda maydonga tushib, 2 ta gol urgandi.
Hujumchi "Anje" klubi tarbiyalanuvchisi sanaladi.
"Koventri" Sherifni sotib oldi
Futbol
20 avgust, 17:42
Hujumchi "Fenerbahche"dan kelib qo'shildi.
Foto: Coventry City