Live
1
O'zbek

Saliba, Pacho va boshqalar — eng yaxshi markaziy himoyachilar reytingi tuzildi (top-10)

Futbol
20 avgust, 15:47
Reyting tuzishda JCh va YCHL asosiy mezon bo'lmadi.
Saliba, Pacho va boshqalar — eng yaxshi markaziy himoyachilar reytingi tuzildi (top-10)
Foto: Getty Images

ESPN dunyodagi eng yaxshi markaziy himoyachilar reytingini tuzdi.

Respondentlardan 2025/26 mavsumdagi o‘yinlarini hisobga olgan holda, har bir pozitsiyadagi eng yaxshi futbolchilarni tanlash so‘raldi. Shu bilan birga, jarohat sabab mavsumning katta qismini o‘tkazib yuborgan himoyachilar ham avvalgi mavsumlardagi yuqori darajadagi o‘yinlari inobatga olingan holda reytingga kiritildi.

2026 yilgi Jahon chempionatidagi o‘yinlar ham hisobga olindi, ammo ular asosiy mezon bo‘lmadi. Reytingda futbolchining butun mavsum davomidagi o‘yini muhimroq baholandi. Shuningdek, uzoq muddatli natijalar Chempionlar ligasi kabi o‘yinlar soni kamroq bo‘lgan musobaqalardagi natijalardan yuqori qo‘yildi.

Top-10 quyidagicha:
1. Vilyam Saliba («Arsenal», Fransiya milliy jamoasi).

2. Vilyan Pacho («PSJ», Ekvador).

3. Gabriel Magalyes («Arsenal», Braziliya).

4. Pau Kubarsi («Barselona», Ispaniya).

5. Jonatan Ta («Bavariya», Germaniya).

6. Markinos («PSJ», Braziliya).

7. Dayo Upamekano («Bavariya», Fransiya).

8. Virjil van Deyk («Liverpul», Niderlandiya).

9. Alessandro Bastoni («Inter», Italiya).

10. Mark Gehi («Manchester Siti», Angliya).


Avvalroq eng yaxshi o‘ng qanot himoyachilari reytingi eʼlon qilingandi.

Bugungi yangiliklar