Bugun
34
O'zbek

Hakimi — dunyoning eng yaxshi qanot himoyachisi (ESPN)

Futbol
19 avgust, 02:45
Reyting futbolchilarning 2025/26 yilgi mavsumdagi umumiy darajasi asosida tuzilgan.
Hakimi — dunyoning eng yaxshi qanot himoyachisi (ESPN)
Foto: Getty Images

Ashraf Hakimi ESPN reytingida dunyoning eng yaxshi qanot himoyachisi deb topildi. Nunu Mendesh ikkinchi, Yurriyen Timber uchinchi, Federiko Dimarko to‘rtinchi, Mark Kukurelya esa beshinchi o‘rinni egalladi.

ESPN 2025/26 yilgi mavsumdagi o‘yinlarni hisobga olgan holda dunyoning eng yaxshi qanot himoyachilari reytingini tuzdi.

Reytingda futbolchilarning mavsum davomida ko‘rsatgan o‘yinlari asosiy mezon sifatida olindi. Jarohat sabab mavsumning katta qismini o‘tkazib yuborgan futbolchilar ham avvalgi mavsumlardagi o‘yinlari hisobga olingan holda ro‘yxatga kiritildi.

2026 yilgi Jahon chempionatidagi ishtirok ham inobatga olingan, biroq asosiy mezon bo‘lmagan. Uzoq muddat davomida ko‘rsatilgan barqaror o‘yinlar qisqa turnirlardagi natijalardan ustun qo‘yilgan.

ESPN talqiniga ko‘ra, kuchli 10 nafar qanot himoyachisi:

  1. Ashraf Hakimi — «PSJ», Marokash milliy jamoasi
  2. Nunu Mendesh — «PSJ», Portugaliya milliy jamoasi
  3. Yurriyen Timber — «Arsenal», Niderlandiya milliy jamoasi
  4. Federiko Dimarko — «Inter», Italiya milliy jamoasi
  5. Mark Kukurelya — «Real»/«Chelsi», Ispaniya milliy jamoasi
  6. Denzel Dyumfris — «Real»/«Inter», Niderlandiya milliy jamoasi
  7. Jyul Kunde — «Barselona», Fransiya milliy jamoasi
  8. Piero Inkapiye — «Arsenal», Ekvador milliy jamoasi
  9. Aleks Grimaldo — «Atletiko»/«Bayer», Ispaniya milliy jamoasi
  10. Niko O’Rayli — «Manchester Siti», Angliya milliy jamoasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

25+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar