Live
1
O'zbek

Ijroiya qo‘mita a’zolari bir ovozdan Diyor Imomxo‘jayevni Liga bosh direktorligiga tasdiqladi

Futbol
19 avgust, 06:57
Imomxo`jayev o`z ishini davom ettiradi.
Ijroiya qo‘mita a’zolari bir ovozdan Diyor Imomxo‘jayevni Liga bosh direktorligiga tasdiqladi
Foto: PFL

17-avgust kuni Assotsiatsiya prezidenti Bahodir Qurbonov tomonidan imzolangan taqdimnoma Liga Ijroiya qo‘mitasiga yuborilgani va unda Liga bosh direktori lavozimi uchun Diyor Imomxo‘jayev nomzodi ilgari surilgani xabar qilingandi.

Bugun — 19-avgust kuni Liga Ijroiya qo‘mitasining 8 nafar a’zosi mazkur masalani ko‘rib chiqdi. Yig‘ilishda barcha a’zolar ishtirok etgan bo‘lib, ular orasidan Odil Ahmedov hamda Alisher Yusupov Kuala Lumpurdan, shuningdek, Elbek Samatov Andijondan, ya’ni, masofadan turib Liga bosh direktorligi uchun o‘z ovozlarini taqdim etishdi.

Yig‘ilish yakuniga ko‘ra, Ijroiya qo‘mitaning barcha a’zosi bir ovozdan Diyor Imomxo‘jayev nomzodini navbatdagi vakolat muddatiga bosh direktor sifatida tasdiqladi. Shundan kelib chiqib, tashkilotning amaldagi rahbari 2026-yilning 19-avgust sanasidan e’tiboran keyingi to‘rt yil davomida o‘z vazifasini bajarishda davom etadigan bo‘ldi.

Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

10+ izoh +1 ta yangi
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar