"Leyptsig" va "Milan" Kristofer Nkunku transferi bo'yicha kelishuvga erishdi, deb xabar beradi insayder Fabritsio Romano.
Germaniyaning klubi hujumchini 3,5 million yevro evaziga ijaraga oladi. Shuningdek, shartnomada futbolchini 30 million yevroga yaqin qiymatga sotib olish bandi ham mavjud. Ayni paytda zarur hujjatlar almashinuvi jarayoni ketmoqda.
Nkunku 2019 yildan 2023 yilgacha "Leyptsig" safida o'ynagan. Keyin "Chelsi"ga o'tgan va u yerdan 2025 yil avgust oyida 37 million yevro evaziga "Milan"ga transfer qilingan.
28 yoshli forvard o'tgan mavsumda A Seriyada 32 o'yinda 7 gol va 3 assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ygan.
Nkunku "Leyptsig"ga qaytdi (Romano)
Futbol
23 avgust, 16:17
Nemis klubi fransiyalik hujumchini ijaraga olish bo'yicha "Milan" bilan kelishuvga erishdi.
Foto: Getty Images