Madridning «Atletiko» klubi yozgi transferlar oynasida markaziy himoyachi Klemman Langlega xayrlashishi mumkin. Bu haqda jurnalist Pedro Fulyana xabar berdi.
Manbaga ko'ra, «matraschilar» fransiyalik 30 yoshli futbolchidan qutulmoqchi, biroq Langlening o'zi ketish niyatida emas.
Uning klub bilan shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar amal qiladi. Agar boshqa jamoalardan yaxshi taklif bo'lmasa, Kleman Madridni tark etish haqida o'ylagani yo'q.
O'tgan mavsumda futbolchi safida barcha turnirlarda 24 ta o'yinda maydonga tushib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi.