Live
1
O'zbek

Gakpo «Liverpul»ni tark etishi mumkin

Futbol
9 iyun, 03:19
Niderlandiyalik futbolchiga uch klub qiziqish bildirmoqda.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
Gakpo «Liverpul»ni tark etishi mumkin
Foto: Getty Images

«Liverpul» vingeri Kodi Gakpo yozgi transferlar oynasida klubini o‘zgartirishi mumkin.

TEAMtalk xabariga ko‘ra, 27 yoshli futbolchining xizmatlariga bir qator Yevropa klublari qiziqish bildirmoqda.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, Gakponi o‘z safiga qo‘shib olishni «Aston Villa», «Tottenhem» va Madridning «Atletiko» klublari istamoqda.

Qayd etilishicha, niderlandiyalik futbolchi keyingi mavsumda asosiy tarkibdan kafolatlangan o‘rin ololmasa, «Liverpul»ni tark etish variantini ko‘rib chiqadi.

Ma’lumot uchun, Gakpo 2025/26 yilgi Angliya Premyer-ligasi mavsumida 36 ta bahsda maydonga tushib, 7 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Eslatib o‘tamiz, futbolchi 2023 yildan buyon mersisaydliklar safida to‘p tepib kelmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Liverpul Liverpul
  • Tottenhem Tottenhem
  • Aston Villa Aston Villa
  • Atletico Madrid Atletico Madrid
Bugungi yangiliklar