Live
1
O'zbek

«Yuventus» yulduzi borasida «Chelsi» va «Arsenal»ga rad javobini berdi

Futbol
10 iyun, 15:04
Uning turinliklar bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilga qadar mo'ljallangan.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
«Yuventus» yulduzi borasida «Chelsi» va «Arsenal»ga rad javobini berdi
Фото: Getty Images

«Yuventus» klubi hujumchi Kenan Yildizning transferi bo'yicha «Chelsi» va «Arsenal» jamoalaridan bo'lgan takliflarga yakuniy javobini qaytardi. Bu haqda insayder Nikolo Skira xabar berdi.

Unga ko'ra, turkiyalik 21 yoshli futbolchi Turinda qoladi va klub uni qo'yib yuborish niyatida emas. «Yuventus» rahbariyati «Chelsi» va «Arsenal» tomonidan taklif etilgan jiddiy takliflarga qaramay, Yildiz jamoaning daxlsiz futbolchisi ekanligini ma'lum qilgan.

O'tgan mavsumda Yildiz «Yuventus» safida barcha turnirlar doirasida 47 ta uchrashuvda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Uning turinliklar bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilga qadar mo'ljallangan bo'lib, Transfermarkt portali hujumchining ayni paytdagi bozor qiymatini 70 million yevro deb baholagan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Chelsi Chelsi
  • Arsenal Arsenal
Bugungi yangiliklar