Bugun
38
O'zbek

Koul «Chelsi»ga Reshfordni sotib olishni maslahat berdi

Futbol
9 iyun, 15:29
«Chelsi»ning sobiq futbolchisi klubga Reshfordni imzolashni tavsiya qildi.
Омонжон Тўхтамирзаев
Omonjon To‘xtamirzayev Editor
Koul «Chelsi»ga Reshfordni sotib olishni maslahat berdi
Foto: Getty Images

«Chelsi» jamoasining sobiq futbolchisi Jo Koul londonlilkarga «Manchester Yunayted» vakili Markus Reshfordni imzolashni tavsiya qildi.

«Bu faqat maosh va baholash masalasi. Reshford ko‘p jihatdan «Chelsi»ga mos keladi, ammo uning transferi uchun ko‘p pul sarflamaslik kerak – u «aristokratlar»ga katta foyda keltirardi. «Chelsi» bu o‘yinchi haqida to‘laqonli ma’lumot to‘plashi kerak, ammo hammasi baribir bitim shartlariga bog‘liq bo‘ladi», - dedi Jo Koul.

2025/26-yilgi mavsumda Markus Reshford «Barselona»da ijara asosida to‘p tepdi. Futbolchi kataloniyaliklar safida barcha musobaqalarni inobatga olganda 49 ta o‘yinda maydonga tushib, 14 ta gol urdi va 14 ta golli uzatma yetkazib berdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Chelsi Chelsi
  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
Bugungi yangiliklar