France Football jahon chempionatida qatnashadigan murabbiylarning maoshlari bo'yicha reyting tuzib chiqdi.
Reytingni yiliga 10 million yevro maosh oladigan Braziliya milliy jamoasi ustozisi Karlo Anchelotti boshqarib turibdi.
Keyingi pog'onada Yuliy Nagelsmann yiliga 7 mln yevro maosh bilan egallagan. Uchlikni AQSh bosh murabbiyi Maurisio Pocchettino yakunlab bergan (yiliga 6 mln yevro).
O'zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro esa yillik 4 million yevro maosh bilan 6-pog'onada. Italiyalik mutaxassis bu borada Dide Desham (Fransiya, 3,8 mln yevro) va Ronald Kuman (Niderlandiya, 3 mln yevro) ortda qoldirgan.