Live
1
O'zbek

Martines: «Krishtianu qachon milliy jamoadan ketadi? Hozir bu haqda o‘ylamayapmiz»

Futbol
10 iyun, 09:00
Portugaliya milliy jamoasi ustozi Ronalduning ketishi haqidagi savolga javob berdi.
Омонжон Тўхтамирзаев
Omonjon To‘xtamirzayev Editor
Martines: «Krishtianu qachon milliy jamoadan ketadi? Hozir bu haqda o‘ylamayapmiz»
Foto: Gettyimages

Portugaliya milliy jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines 41 yoshli hujumchi Krishtianu Ronalduning o‘yinini, mehnatini yuqori baholadi.

«Krishtianu bizning sardorimiz hisoblanadi. U jamoadagilar uchun o‘rnak. Ronaldu o‘zini ishga bag‘ishlaydi va milliy jamoaga yordam berishni istaydi. U har kuni kechagidan yaxshiroq bo‘lishga intiladi. U milliy jamoadan ketadimi? Biz hozir bu haqda o‘ylamayapmiz. Hozir bor e’tiborimiz mundialga qaratilgan», - deya bosh murabbiy so‘zlarini keltiradi ESPN.

Eslatib o‘tamiz, JCH–2026 11-iyundan 19-iyulgacha AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumot uchun, Portugaliya milliy jamoasi guruh bosqichida O‘zbekiston, Kolumbiya va Kongo DR bilan ro‘baro‘ keladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Portugaliya Portugaliya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar