Live
1
O'zbek

Kannavaro: «Barcha o‘zbekistonliklar biz bilan faxrlanishini istaymiz»

Futbol
10 iyun, 04:38
O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi mundial oldidan muxlislarga murojaat qildi.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
Kannavaro: «Barcha o‘zbekistonliklar biz bilan faxrlanishini istaymiz»
Foto: O'FA

O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro O‘FA matbuot xizmatiga bergan intervyusida 2026 yilgi Jahon chempionati oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Italiyalik mutaxassis mundialda ishtirok etish katta yutuq ekanini ta’kidlab, jamoa oldinda turgan sinovlarga jiddiy tayyorgarlik ko‘rayotganini aytdi.

«Albatta, biz Jahon chempionatida qatnashamiz va bu hamma uchun katta orzu. Mashg‘ulotlar hamda o‘yinlarni sabrsizlik bilan kutyapmiz.

Odatda Jahon chempionatida ishtirok etish oson bo‘lmaydi. Oldinda turli qiyinchiliklar bo‘ladi. Biz esa imkon qadar yaxshi holatda bo‘lish va munosib natijalarga erishish uchun qo‘limizdan kelgan barcha ishni qilyapmiz.

O‘zbekistonliklarga shuni aytmoqchimanki, biz maydonda bor kuchimiz bilan harakat qilamiz va so‘nggi soniyagacha kurashamiz. Chunki dunyoning qayerida bo‘lishidan qat’i nazar, barcha o‘zbekistonliklar biz bilan faxrlanishini istaymiz», — dedi Kannavaro.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy jamoasi tarixda ilk bor Jahon chempionati final bosqichida ishtirok etadi.

Ma’lumot uchun, vakillarimiz mundialning K guruhida Portugaliya, Kolumbiya va Kongo DR milliy jamoalariga qarshi bahs olib boradi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • O‘zbekiston O‘zbekiston
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar