O‘zbekiston milliy jamoasi sardori Eldor Shomurodov jahon chempionati startidan avval intervyu berdi va muxlislarga murojaat qildi.
«His-tuyg‘ular ajoyib. Barchamiz xursandmiz. Nihoyat, biz uzoq kutgan vaqt keldi, barchamiz tayyormiz.
Amerika vaqtlariga ham o‘rganib qoldik. Nyu Yorkda ham 10 kun davomida mashg‘ulotlar olib bordik. Hozir hamma tomonlama barchasi ajoyib. Birinchi navbatda juda katta g‘urur, men uchun, nafaqat men butun jamoamiz uchun. Biz faqat milliy jamoa emas, balki butun O‘zbekiston nomidan kelib, qatnashyapmiz. Aytib o‘tganimdek, bu uzoq kutilgan orzu edi biz uchun.
Muxlislar faqat bizni qo‘llab-quvvatlashlarini so‘rardik, biz esa o‘z o‘yinimiz bilan ularni xursand qilamiz», - dedi Eldor Shomurodov.