Live
1
O'zbek

Masharipov Kanada va Niderlandiyaga qarshi o‘yinlarni jarohat sabab o‘tkazib yubordi — O'FA

Futbol
10 iyun, 00:49
O‘zbekiston milliy jamoasi yarimhimoyachisida umurtqalararo disk churrasi qayta bezovta qilgani aniqlandi.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
Masharipov Kanada va Niderlandiyaga qarshi o‘yinlarni jarohat sabab o‘tkazib yubordi — O'FA
Foto: O'FA

O‘zbekiston milliy jamoasi futbolchisi Jaloliddin Masharipov AQSHdagi yig‘in davomida sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammo sabab jamoaning so‘nggi mashg‘ulotlarida hamda Kanada va Niderlandiyaga qarshi o‘rtoqlik bahslarida ishtirok etmadi.

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi xabariga ko‘ra, futbolchining bel qismidagi og‘riqlar so‘nggi haftalarda kuzatilgan. Dori-darmonlar va fizioterapiya muolajalari yordamida uning holati yaxshilangandi. Biroq keyinchalik og‘riqlar yana qayta bezovta qila boshlagan.

O‘tkazilgan MRT tekshiruvi natijalariga ko‘ra, Masharipovda umurtqalararo disk churrasi qayta huruj qilgani ma’lum bo‘lgan.

Ayni paytda futbolchining sog‘lig‘i bo‘yicha O‘zbekiston milliy jamoasi tibbiy shtabi tomonidan zarur muolajalar olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy jamoasi tarixda ilk bor Jahon chempionati final bosqichida ishtirok etadi.

Ma’lumot uchun, Masharipovning holati bo‘yicha yakuniy tibbiy xulosalar olingach, qo‘shimcha ma’lumot berilishi kutilmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • O‘zbekiston O‘zbekiston
Bugungi yangiliklar