Live
1
O'zbek

JCH-2026ning asosiy favoriti e'lon qilindi — Opta

Futbol
10 iyun, 09:31
Fransiya 2-o'rinda, Angliya 3-pog'onada.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
JCH-2026ning asosiy favoriti e'lon qilindi — Opta
Фото: Getty Images

Opta superkompyuteri turnir boshlanishidan bir kun oldin milliy jamoalarning jahon chempionatidagi g'alaba qozonish imkoniyatlarini baholadi.

Unga ko'ra, bo'lajak turnirda g'alaba qozonish ehtimoli eng yuqori jamoa Ispaniya bo'lib turibdi. «Qizil furiya»ning g'olib bo'lish imkoniyati 16 foizni tashkil etmoqda. Ikkinchi o'rinda Fransiya (12,9 foiz), uchinchi o'rinda esa Angliya (10,8 foiz) bormoqda.

Eslatib o'tamiz, JCH-2026da 48 ta milliy jamoa ishtirok etadi va ular to'rtta jamoadan iborat 12 ta guruhga bo'lingan. Guruh bosqichi 11 iyundan 27 iyungacha davom etadi. Jami 104 ta o'yin o'tkaziladi — bu jahon chempionatlari uchun rekord ko'rsatkichdir.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar