Lionel Messi Argentina milliy jamoasi tarixida gol urgan eng yoshi katta futbolchiga aylandi.
“Inter Mayami” hujumchisi Islandiyaga (3:0) qarshi oʻrtoqlik bahsida 72-daqiqada penaltidan toʻp kiritdi.
Natijada 38 yosh-u 350 kunlik Messi milliy jamoada 1957 yili 38 yosh 282 kunligida gol urgan "River Pleyt" futbolchisi Anxel Labrunaning rekordini yangiladi.
Ma'lumot uchun, Messining Argentina safidagi gollari 117 taga yetdi.
Messi Argentina safida 69 yillik rekordni yangiladi
Futbol
10 iyun, 13:10
39 yoshga toʻladigan hujumchi "albiseleste" safida gol urgan eng yoshi katta oʻyinchiga aylandi.
Foto: Getty Images