Argentina milliy jamoasi Islandiyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida 3:0 hisobida zafar quchdi.
AQSHning Obern shahridagi «Jordan-Hare» stadionida bo‘lib o‘tgan bahsda argentinaliklar o‘yin boshidanoq tashabbusni qo‘lga oldi.
Hisob 8-daqiqada Valentin Barko tomonidan ochildi. Ikkinchi bo‘limda zaxiradan maydonga tushgan Lionel Messi 72-daqiqada penaltini aniq amalga oshirib, jamoasining ustunligini mustahkamladi. 87-daqiqada esa Tiago Almada yakuniy nuqtani qo‘ydi.
Eslatib o‘tamiz, Argentina milliy jamoasi 2026 yilgi Jahon chempionatida Avstriya, Jazoir va Iordaniya bilan bir guruhdan joy olgan.
Ma’lumot uchun, Islandiya milliy jamoasi mundialning final bosqichiga yo‘llanma ololmagan.
O‘rtoqlik o‘yini
Argentina – Islandiya 3:0
Gollar: Valentin Barko 8 (1:0), Lionel Messi 72, penalti (2:0), Tiago Almada 87 (3:0).
Argentina: Xeronimo Rulli, Agustin Xyai (Lionel Messi, 70), Nikolas Otamendi (Tiago Almada, 58), Lisandro Martines (Rodrigo De Paul, 46), Fakundo Medina, Juliano Simeone (Gonsalo Montiel, 70), Jovani Lo Chelso (Kristian Romero, 46), Esekiel Palasios (Entso Fernandes, 47), Valentin Barko (Aleksis Mak Allister, 46), Nikolas Pas (Niko Gonsales, 58), Flako Lopes (Lautaro Martines, 46).
Islandiya: Elias-Rafn Olafsson, Viktor Palsson (Yon Torsteynsson, 70), Daniel Gretarsson (Aron Gunnarsson, 70), Xordur Magnusson (Xyortur Xermannsson, 82), Logi Tomasson (Dagyur Dan Torxallsson, 70), Mikael-Egil Ellertsson (Gilfi Sigurdsson, 82), Isak Yoxannesson (Kristal-Manni Ingason, 82), Andri-Fannar Baldursson (Kristian Xlinsson, 46), Albert Gudmundsson (Arnor Sigurdsson, 82), Xakon-Arnar Xaraldsson (Stigur Tordarson, 82), Orri Oskarsson (Daniel Gudyonsen, 83).