Ispaniya milliy jamoasi Peru milliy jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Meksikaning Puebla shahridagi «Kuautemok» stadionida bo‘lib o‘tgan bahsda ispanlar ustunligini ilk daqiqalardanoq namoyish etdi.
Hisob 2-daqiqadayoq Mikel Oyarzabal tomonidan ochildi. 32-daqiqada Pedri jamoasining ustunligini mustahkamladi. Ikkinchi bo‘lim boshida esa Peru darvozaboni Pedro Galyesening avtogoli hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi.
Peruliklar 66-daqiqada Xayro Velesning goli evaziga bitta to‘p farqini qisqartirishga muvaffaq bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, Peru milliy jamoasi Jahon chempionatiga yo‘llanma ololmagan. Jamoa Janubiy Amerika saralash bosqichida to‘qqizinchi o‘rinni egallagan.
Ma’lumot uchun, Ispaniya 2026 yilgi Jahon chempionatining H guruhidan joy olgan bo‘lib, Kabo-Verde, Saudiya Arabistoni va Urugvay milliy jamoalariga qarshi bahs olib boradi.
O‘rtoqlik o‘yini
Peru – Ispaniya 1:3
Gollar: Mikel Oyarzabal 2 (0:1), Pedri 32 (0:2), Pedro Galyese 53, avtogol (0:3), Xayro Veles 66 (1:3).