Argentina milliy jamoasi sardori Lionel Messi Islandiyaga qarshi o‘rtoqlik bahsida gol urib, yana bir tarixiy natijaga erishdi.
38 yoshli futbolchi jarohatdan tiklanganidan so‘ng ilk bor maydonga tushdi. U uchrashuvning 70-daqiqasida zaxiradan o‘yinga qo‘shildi va oradan ikki daqiqa o‘tib penaltini aniq amalga oshirib, hisobni 2:0 ko‘rinishiga olib keldi.
Mazkur gol Messi uchun professional faoliyatidagi 911-gol bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, Argentina milliy jamoasi Islandiyani 3:0 hisobida mag‘lub etdi. Avvalroq Gondurasga qarshi bahsda Messi maydonga tushmagandi.
Ma’lumot uchun, Lionel Skaloni shogirdlari 17 iyun kuni Jahon chempionati guruh bosqichidagi ilk bahsda Jazoirga qarshi maydonga tushadi. Keyinchalik Argentina Avstriya va Iordaniya bilan ham kuch sinashadi.