«Osasuna» Luis Migel Ramisni bosh murabbiy etib tayinlaganini e'lon qildi.
Kataloniyalik mutaxassis Pamplona klubi bilan ikki yillik — 2028 yil iyunga qadar mo'ljallangan shartnoma imzoladi.
Ramis murabbiylik faoliyatini «Real» yoshlar jamoasida boshlagan. Shuningdek, u «Almeriya», «Albasete», «Tenerife», «Espanyol» va «Burgos» klublarini boshqargan.
2025/26 yilgi mavsum yakuniga yetgach, «Osasuna» bosh murabbiy Alessio Lishini iste'foga chiqargandi. Jamoa uning qo'l ostida La Ligada 17-o'rinni egalladi.
Avvalroq “Osasuna” rahbarlari La Liga soʻnggi tur oldidan jamoaning yuqori diviziondan tushib ketishiga pul tikishgani xabar berilgandi.
«Osasuna»ga yangi bosh murabbiy tayinlandi
Futbol
10 iyun, 18:00
Faoliyatini «Real» yoshlar jamoasida boshlagan mutaxassis Pamplona klubini boshqaradi.
Foto: Getty Images