"Osasuna" rahbariyati jamoa yuqori divizionni tark etishi ehtimoliga qarshi moliyaviy himoya chorasi ko'rganini ma'lum qildi.
Klub ma'lumotiga ko'ra, ular Howden kompaniyasi orqali sug'urta polisni rasmiylashtirgan. Polis qiymati 1,3 million yevroni tashkil etgan bo'lib, agar jamoa quyi divizionga tushib ketganida, tovon puli 6 million yevrogacha yetishi mumkin edi.
Moliyaviy xavflarni kamaytirish maqsadida Howden kompaniyasi Kalshi prognozlar birjasida "Osasuna"ning Segundaga tushib ketishiga 1,1 million dollar miqdorida "stavka" qo'ygan.
Klub vakillari ta'kidlashicha, ushbu kelishuvning barcha tafsilotlaridan La Liga rahbariyati ham xabardor bo'lgan.
Yakunda so'nggi turda "Osasuna" mehmonada "Xetafe"ga 0:1 hisobida mag'lub bo'ldi. Biroq jamoa elitadagi o'rnini saqlab qolishga muvaffaq bo'ldi. Bunga "Jirona"ning "Elche" (1:1) bilan o'yinda g'alaba qozona olmagani sabab bo'ldi.
Natiyada "Osasuna" La Ligada qoldi va sug'urta bo'yicha ehtimoliy tovon puli ham to'lanmaydigan bo'ldi.
"Osasuna" egalari so'nggi tur oldidan jamoaning La Ligadan tushib ketishiga "stavka" qilishgan
Futbol
10 iyun, 13:33
Pamplona klubi rahbariyati jamoaning yuqori divizionni tark etishi ehtimoliga qarshi moliyaviy himoya chorasi ko'rgan.
Foto: Getty Images