Goal sport portali «Manchester Yunayted»ning Gleyzerlar oilasi davrida (2005 yildan 2024 yilgacha) amalga oshirilgan eng yomon transferlari reytingini tuzdi.
Andre Onananing 2023 yilda «Inter»dan 48 mln funtga sotib olinishi ro'yxatda 1-o'rinni egalladi.
O'nlik quyidagicha:
1. Andre Onana («Inter»dan 48 mln funtga, 2023 yili);
2. Antoni («Ayaks»dan 85 mln funtga, 2022 yil);
3. Rasmus Hoylund («Atalanta»dan 72 mln funtga, 2023 yil);
4. Aleksis Sanches («Arsenal»dan, Genrix Mxitaryan bilan almashish, 2018 yil);
5. Anxel Di Mariya («Real»dan 60 mln funtga, 2014 yil);
6. Jeydon Sancho («Borussiya D»dan 72 mln funtga, 2021 yil);
7. Romelu Lukaku («Everton»dan 75 mln funtga, 2017 yil);
8. Pol Pogba («Yuventus»dan 89 mln funtga, 2016 yil);
9. Donni van de Bek («Ayaks»dan 40 mln funtga, 2020 yil);
10. Memfis Depay (PSVdan 31 mln funtga, 2015 yil).
Radamel Falkao transferi 11, Viktor Valdes 15, Genrix Mxitaryan 18, Harri Maguayr 20-o'rinni egalladi.
«MYU»ning Gleyzerlar davridagi eng yomon transferlari reytingi tuzildi — Onana birinchi (top-10)
Futbol
10 iyun, 18:15
Dastlabki 3 ta o'rinni ten Hag murabbiyligida qilingan transferlar egalladi.
Foto: Getty Images