Bugun
9
O'zbek

Reshford «MYU»ga qaytadi, «Barselona» transferdan voz kechdi

Futbol
10 iyun, 06:00
Angliyalik vingerga endi «Bavariya» qiziqish bildirmoqda.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
Reshford «MYU»ga qaytadi, «Barselona» transferdan voz kechdi
Foto: Getty Images

Markus Reshford yozgi transferlar oynasida «Manchester Yunayted»ga qaytishi kutilmoqda.

Marca nashrining xabar berishicha, «Barselona» angliyalik futbolchi uchun talab qilinayotgan 30 million yevroni to‘lashni rejalashtirmayapti. Shu sababli kataloniyaliklar transferni amalga oshirmaslikka qaror qilgan.

Shu bilan birga, Mundo Deportivo ma’lumotiga ko‘ra, Reshfordga Myunxenning «Bavariya» klubi qiziqish bildirmoqda.

Qayd etilishicha, Germaniya grandi futbolchini sotib olish variantini ko‘rib chiqmoqda va «Manchester Yunayted» belgilagan summani to‘lashga tayyor.

Eslatib o‘tamiz, Reshford o‘tgan mavsumni ijara asosida «Barselona» safida o‘tkazgan va jamoaning muhim futbolchilaridan biriga aylangandi.

Ma’lumot uchun, 28 yoshli vinger o‘tgan mavsum barcha musobaqalarda 49 ta bahsda maydonga tushib, 14 ta gol va 14 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
  • Barselona Barselona
Bugungi yangiliklar