Bugun
9
O'zbek

«Barselona» «Real» Alvares transferi uchun 150 million yevro taklif qilishini avvaldan bilgan

Futbol
10 iyun, 05:26
Madrid klubi «Atletiko» hujumchisini sotib olishga urinib ko‘rdi.
Омонжон Тўхтамирзаев
Omonjon To‘xtamirzayev Editor
«Barselona» «Real» Alvares transferi uchun 150 million yevro taklif qilishini avvaldan bilgan
Foto: Gettyimages

Madridning «Real» klubi «Atletiko» forvardi Xulian Alvaresni sotib olishga urinib ko‘rdi.

«Matraschilar» argentinalik futbolchisini 150 mln yevro evaziga ham raqobatchi safiga qo‘yib yuborishni istamadi.

Mundo Deportivo nashrining xabariga ko‘ra, «Barselona»dagilar «Real» Alvares transferi uchun taklif bilan chiqishini avvaldan bilgan. Florentino Peres 150 mln yevro evaziga yulduz futbolchi sotib olmoqchiligi haqida aytganidayoq, Kataloniya klubidagilar gap katta ehtimol argentinalik haqida ketayotganini taxmin qilishgan. Shu yo‘l bilan «qaymoqranglilar» «Barselona» bunday summa to‘lay olmasligini bilgan va asosiy raqobatchisi holatini yanada qiyinlashtirishini maqsad qilgan.

Ma’lumot uchun, Transfermarkt portali Xulian Alvaresning aktual transfer narxini – 100 mln yevroga baholamoqda. 26 yoshli futbolchining «Atletiko» bilan shartnomasi 2030-yilgacha amal qiladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
  • Real Madrid Real Madrid
Bugungi yangiliklar