"Barselona" yarimhimoyachisi Mark Kasado yozda jamoani tark etishi mumkin. Bu haqida Diario AS nashri xabar berdi.
Manbaga ko'ra, futbolchi jamoa bilan munosabatlarini butunlay uzmaslik maqsadida ijara asosida boshqa klubga o'tishni afzal bilmoqda.
Xavbek kelajakda "ko'k-anorranglilar" asosiy tarkibining muhim o'yinchisiga aylanishdan umidini yo'qotmayapti.
Ma'lumot uchun, Kasado "Barselona" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Uning Kataloniya klubi bilan shartnomasi 2028 yilning 30 iyunigacha mo'ljallangan.
Yakunlangan mavsumda u "ko'k-anorranglilar" safida barcha turnirlarda 34 ta o'yinda maydonga tushib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali Kasadoning narxini 18 million yevroga baholamoqda