Bugun
9
O'zbek

Yamal: «Messi faoliyatini yakunlagach, odamlar hammasini tushunadi»

Futbol
9 iyun, 23:50
«Barselona» vingeri argentinalik afsona haqida iliq fikrlar bildirdi.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
Yamal: «Messi faoliyatini yakunlagach, odamlar hammasini tushunadi»
Foto: Getty Images

«Barselona» futbolchisi Lamin Yamal Lionel Messining o‘ziga xos jihatlari haqida gapirdi.

Yosh vingerning fikricha, argentinalik afsonaning haqiqiy buyukligi futbolni tark etganidan keyingina to‘liq qadrlanadi.

«Kamp Nou»ga borib, Messining o‘yinlarini tomosha qilgan vaqtlarimdan juda yaxshi xotiralar qolgan.

Odamlar uning bir jihatini yetarlicha qadrlamaydi. U har bir o‘yinda muxlislarni o‘rinlaridan turishga majbur qilardi.

Albatta, ko‘p gol urish va golli uzatmalar berish ajoyib. Ammo Messi bundan ham qiyinroq ishni uddalardi — u har bir o‘yinda o‘zining noyob futbolchi ekanini isbotlab berardi.

Menimcha, odamlar bu sifatni u futbolni tark etganidan keyingina to‘liq anglaydi. Garchi men uning hech qachon faoliyatini yakunlamasligini istasam ham», — dedi Yamal.

Eslatib o‘tamiz, Lionel Messi 2021 yilda «Barselona»ni tark etgan va hozirda AQSHning «Inter Mayami» klubi safida to‘p tepmoqda.

Ma’lumot uchun, argentinalik yulduz ikki haftadan so‘ng 39 yoshni qarshi oladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
Bugungi yangiliklar