Live
1
O'zbek

«Real» Mourinioning taqdimotini iyul oyiga qoldirdi

Futbol
10 iyun, 13:55
Murabbiy rahbariyat bilan uchrashib, jamoaning strategiyasi va ayrim futbolchilarni muhokama qildi.
     Izzatillayev Aʼzamjon
Aʼzamjon Izzatillayev Editor
«Real» Mourinioning taqdimotini iyul oyiga qoldirdi
Foto: Getty Images

«Real» Joze Mourinioning bosh murabbiy sifatidagi rasmiy taqdimotini kechiktirdi.

Jurnalist Arancha Rodrigesning xabar berishicha, klubi portugal mutaxassisni matbuot va muxlislarga iyul oyida rasman tanishtirishni rejalashtirmoqda. Bu ma'lumotni insayder Fabrizio Romano ham tasdiqladi.

9 iyun kuni kechqurun Mourinio «Real» rahbariyati bilan uchrashuv o'tkazgan. Unda jamoaning strategiyasi va ayrim futbolchilar masalasi muhokama qilingan.

15 million yevro evaziga «Benfika»dan kelayotgan yoshli mutaxassis faoliyatida ikkinchi marta «Real»ni boshqaradi. U 2010-2013 yillarda ham madridliklar ustoz bo'lgan va o'sha davrda La Liga chempionligi, Ispaniya kubogi hamda superkubogini qo'lga kiritgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Bugungi yangiliklar