Live
1
O'zbek

"Real" Kamavinga va Valverdegа narx belgiladi

Futbol
10 iyun, 11:44
Bu haqda Footmercato nashri xabar bermoqda.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
"Real" Kamavinga va Valverdegа narx belgiladi
Фото: Getty Images

Madridning "Real" klubi ikki nafar yarimhimoyachisi – Eduardu Kamavinga va Federiko Valverdeni transferga qo'yishi mumkin. Bu haqda Footmercato nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, klub fransuz xavbekni 50 million yevro evaziga qo'yib yuborishga tayyor. Futbolchi 2021 yilda "Renn"dan 30 mln yevro evaziga Madrid klubi safiga kelib qo'shilgandi. Uning jamoa bilan amaldagi bitimi 2029 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

Valverdening narxi 100 mln yevro etib belgilandi. Urugvaylikning ehtimoliy ketishi nafaqat sport sabablari, balki jamoada muammolar, jumladan yarim himoyachi Orelien Chuameni bilan mojaro bilan ham bog'liq.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
Bugungi yangiliklar